HONOR CHOICE MouseBuds Pro — Kulrang

HONOR

HONOR CHOICE MouseBuds Pro

Sichqoncha va simsiz quloqchin — bitta korpusda.

699 000 so'm
Mavjud

Miqdor

1
Toshkent bo‘ylab 1 kun, viloyatlarga 1-3 kun ichida.

Mahsulot haqida

HONOR CHOICE MouseBuds Pro — ikkita qurilma bitta tanada. Tashqaridan bu oddiy simsiz sichqoncha, lekin uning ichida bir juft quloqchin yashiringan: sichqonchaning o‘zi ular uchun zaryadlash g‘ilofi vazifasini bajaradi. Sumkada joy band qilmaydi, zaryadlagichni unutib qolish muammosi yo‘q. Noutbuk bilan safarga chiqadiganlar uchun ideal.

Texnik xususiyatlari

Qurilma
Sichqoncha + simsiz quloqchin
Sensor
PixArt optik, 1200 DPI
Batareya
1000 mAh — 30 kungacha
Bluetooth
5.3
Quloqchin
Yarim ochiq, shovqin bostirish bilan
Zaryadlash
Type-C

Qutida nima bor?

  • Sichqoncha
  • Bir juft quloqchin
  • Type-C kabel
  • Qo‘llanma

Kafolat va ishonch

12 oy rasmiy kafolat

HONOR ning O‘zbekiston uchun rasmiy shartlari bo‘yicha simsiz quloqchin va smart soatlarga 12 oy kafolat beriladi.

Kafolat shartlarini o‘qish

O‘zingiz tekshiring

Bizga ishonishingiz shart emas. Seriya raqamini HONOR saytiga kiritib, mahsulot kafolatga kirishini o‘zingiz ko‘rasiz.

HONOR saytida tekshirish

Butun mamlakat bo‘ylab servis

Toshkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Guliston, Urganch va Nukusda HONOR ning avtorizatsiyalangan servis markazlari bor.

Servis markazlar ro‘yxati

10 kun ichida qaytarish

Mahsulot ishlatilmagan va qadog‘i saqlangan bo‘lsa, 10 kun ichida qaytarasiz. Nosoz chiqsa — bepul almashtiramiz.

Kulrang kanal orqali kelgan mahsulot arzonroq bo‘lishi mumkin, lekin unga kafolat berilmaydi va servis markaz qabul qilmaydi. Biz rasmiy yetkazib beruvchidan olamiz.

Yetkazib berish

HududTo‘lovMuddat
Toshkent shahriKuryerga to‘lanadi1 kun
Toshkent viloyatiKuryerga to‘lanadi1-2 kun
Yaqin viloyatlarKuryerga to‘lanadi1-3 kun
Uzoq viloyatlarKuryerga to‘lanadi2-3 kun

Sharh yozish

Sharh yozish

O‘xshash mahsulotlar